Shavkat Mirziyoyev bir guruh jurnalistlarni davlat mukofoti bilan taqdirladi

Фото: ict

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Taypatov Abdijalol Gapparovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri

Temirov Sobirjon G’ulamovich – Beshariq tumani «Beshariq tongi» gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdusamatova Mukaddas Salixovna – O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist

Beknazarova Saodat Uzbekovna – «Ovozi tojik» gazetasi katta muxbiri

Djurayeva Dilfuza Djangirovna – O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, publitsist, Surxondaryo viloyati

Klyatskiy Grigoriy Nikolayevich – «Ishonch-Doveriye» gazetasi bo‘lim muharriri

Levchenko Sergey Vladimirovich – «Narodnoye slovo» gazetasi bo‘lim muharriri

Nugmanov Ravshan Yakubdjanovich – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati rejissyori

Ochilov Qudrat Mengliyevich – «Bir safda» jurnali mas’ul kotibi

Paluanova Mnayim Pirnazarovna – «Nukus-Sayahat» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus-FM» radiosi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sodikov Ikrom Mamadaliyevich – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari

Toxirov Xalimjon Turgunovich – «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatining «Andijonnoma.uz» internet nashri muharriri

Xakimov Talip Adilovich – Nurafshon shahri «Mash’al» gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Boymirzayeva Saodat Urakovna – O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining matbuot kotibi

Muminov Fayzullo Abdullayevich – O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori

Xasanova Zaxro Tulkunovna – «Gulxan» jurnali bosh muharriri

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Imomxo‘jayev Zafar Axbarovich – O’zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Muslimbek Fozil o‘g‘li – «Zo‘r TV» telekanalining «Bu kun» informatsion dasturi rahbari

«Shuhrat» medali bilan

Abdukadirov Dilshod Axmedjanovich – «Kun.uz» internet nashri bosh muharriri

Abduraxmanova Feruza Abduganiyevna – «Mening yurtim» telekanali boshlovchisi

Abidov Aziz Agzamovich – O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i – matbuot kotibi

Alimuxamedov Tuygun Vaxabovich – «O’zbekiston ko‘zi ojizlar bosmaxonasi» davlat unitar korxonasi muqovalovchisi

Bazarov Baxriddin Xaydarovich – «Akademnashr NMM» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh rassomi

Bayturayeva Guljamal Orinbasarovna – «Nurlы jol» gazetasi bo‘lim mudiri

Voxidova Nozima Raximovna – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat telekanali» davlat muassasasi kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyati katta muharriri

Gulyamova Dilfuza Izzatovna – «Yangi O’zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatining Navoiy viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri

Djamalov Kaxramon Djumayevich – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali muharrirlar guruhi bosh muharriri

Djumaboyeva Raxima Mustafayevna – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi katta muharriri

Zokirova Tursuntosh Normurodovna – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muxbiri

Inoyatova Nazira Saypullayevna – «Avtoradio» radiosi dasturlar bo‘yicha direktori va efir boshlovchisi

Klichbayev Abatbay Reimbayevich – Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari

Matchanova Intizor Jumaboyevna – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri

Murotova Muslima Kamolidinovna – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanali rejissyorlar guruhi suxandoni

Niyazov Norbek Ramazanovich – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston  24» telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri

Pirnafasova Muhayyo Rustamovna – «Jadid» gazetasi adabiy muharriri

Saidov Sherodil Xudayberdiyevich – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining chop etish sexi ustasi

Sulaymanova Aliya Ismailovna – «Darakchi.uz» internet nashri bosh muharriri

Sulaymonov Shodmon Sultonovich – «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati

Shamsiddinov Yolqin Xakimovich – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi

Eshonqulov Zamon Asrorovich – O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi maxsus muxbiri

Yusupov Ahmad Mengnimuratovich – «Daryo.uz» internet nashri bosh muharriri

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.