Muqaddam sudlangan shaxslar yana jinoyatga qo’l urishdi

Uchtepa tumanida o’tkazilgan tekshiruvda fuqarolar A.A., Sh.P. va D.S. (muqaddam sudlangan) “I.G.” MCHJ ta’sischisi A.Sh.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 3 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytgan va evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tekshiruv davomida 200 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.