Muqaddam sudlangan “tillo-taqinchoq sotuvchisi” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli G‘.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 2.240.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan R.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi R.A., jabrlanuvchi G‘.O. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini savdo markazi xodimi sifatida tanishtirib, arzon narxda tillo-taqinchoq buyumlari sotishini aytgan va aldov yo‘li bilan 2.240.000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar