Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
“Toshkent” aeroportida 7-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:44 da noqulay ob-havo sharoiti (yomg‘ir, aerodrom ustida momaqaldiroq) tufayli havo kemalarining qo‘nishi va uchishiga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Xususan, bortida 183 yo‘lovchi bo‘lgan Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY-634 reysi, Myunxen — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan va bortida 116 yo‘lovchi bo‘lgan HY-236 reyslari Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Shuningdek, uchta yuk reyslari muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. HY-3124 Budapesht — Toshkent reysi Navoiyga, AZG-6941 Boku – Toshkent reysi Namangan aeroportiga, MFX-656 Urumchi — Toshkent reysi Samarqandga qo‘ndi.
Ayni damda Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti barqarorlashgan. O‘rnatilgan cheklovlar olingan.
Sharhlar