Sankt-Peterburgdagi ko‘chalardan birida 31 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahar Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi, deb xabar bermoqda “Spb.aif.ru”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qonga belangan jasad 5-oktabr kuni suv bo‘yidagi Oktabr ko‘chasida joylashgan uylardan birining yonida chiqindi konteynerining orqasidagi zovurdan topilgan.
Aniqlanishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelib, Murino shahrida yashayotgan bo‘lgan. Jasad ekspertiza o‘tkazish va o‘lim sababini aniqlash uchun morgga yuborilgan.
Holat yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, politsiya hodisa yuz bergan holatni aniqlashtirmoqda.
Ulashish:
Sharhlar