Mushukchani derazadan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan ketadi

Фото: Кадр из видео
Mushukchani derazadan uloqtirgan o‘qituvchi bilan mojaro sodir bo‘lgan maktab direktori intizomiy jazo oldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Avvalroq, bolalar maktab yaqinida mushukcha topib , uni sinfga olib kelgani, biroq 62-maktab o‘qituvchisi jonivorni o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida derazadan uloqtirgani xabar qilingandi. Mushukcha 2 oktyabr kuni vafot etdi.

Uchtepa tumanidagi 62-maktab o’qituvchisining mushukka beshafqat munosabatda bo’lganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar o’rganib chiqildi.

O’rganish natijalariga ko’ra, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining 2024 yil 4 oktyabrdagi tegishli buyrug’i bilan maktab direktori Sh.N.ga jamoada nazoratni susaytirganligi, o’z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Voqeaga daxldorligi uchun maktab o’qituvchisi D.X. Ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismiga asosan javobgarlikka tortildi va o’z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.