Mushukning yuzida hayronlik aks etishi mumkinmi?
Permda mushuk egalari uyga qaytishganidan keyin jonivorni ana shunday, ya’ni yuzida hayronlik aks etgan holatda topgan.
Uni veterinariya klinikasiga olib borishgan, bu yerda shifokorlar unga jag‘ chiqishi tashhisini qo‘yishgan.
Mushuk qanday qilib jag‘ini chiqargani noma’lum, biroq bir hafta oldin boshqa klinikada uning jag‘i joyiga tushirilgan.
Veterinarlar mushukning jag‘ini tabiiy holatga qaytarishgan va uni ikki haftaga mahkamlab qo‘yishgan. Hozir bemor mushuk tuzalish arafasida.
Ulashish:
Sharhlar