Muslima Odilova joriy Paralimiya o‘yinlarida mamlakatga ilk medalni taqdim qildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Unga para suzuvchimiz Muslima Odilova mualliflik qildi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
S13 klassida ishtirok etgan hamyurtimiz 100 metrga batterflyay usulida suzish dasturida marraga uchinchi bo’lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqada qatnashayotgan qolgan yurtdoshlarimizga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Ulashish:
Sharhlar