Ijtimoiy muhit va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash: davlat rahbariga axborot berildi
Prezidentga ijtimoiy muhitni mustahkamlash va diniy-ma’rifiy sohadagi ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Unda so‘nggi yillarda 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Haj kvotasi ikki barobar oshirilib, 60 mingdan ziyod yurtdoshimiz ibodat amallarini bajarilganligi haqida batafsil fikr yuritildi.
Shuningdek sohada Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa xalqaro markazlar ilmiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyat yaratmoqda. Shuningdek, yurtimizda 30 mingdan ortiq kishi “Qur’oni karim va tajvid” kurslarini tamomladi.
Internet orqali kirib kelayotgan radikal g‘oyalarga qarshi kurashish muhimligi ta’kidlandi. Mahallalarda “Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari” tashkil etilib, yoshlarni tarbiyalashga e’tibor qaratilmoqda.
Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash asosiy vazifa sifatida belgilab olindi.
Sharhlar