Muxayyo Abdusattorova Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Foto: stadion.uz

Para akademik eshkak eshuvchimiz Muxayyo Abdusattorova bundan biroz avval “B” finalda startga chiqdi. Vakilimiz ushbu dasturda 12 daqiqa 25.03 soniya natija ko‘rsatib, marraga 5-bo‘lib yetib keldi.

Shu tariqa Muxayyo Abdusattorova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini 11-o‘rinda yakunladi.

Avvalroq, bugun Paralimpiya o‘yinlarida 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.