Muzaffarbek Toʻraboyev bronza medali uchun kurashadi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Muzaffarbek Toʻraboyev yarim final bellashuvini oʻtkazdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev bilan kurashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.

Endi u bronza medali uchun ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi tatamiga chiqadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.