Muzaffarbek Toʻraboyev chorak finalga yoʻl oldi
Mahoratli dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) Olimpiadadagi debyutini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Qozog’istonlik Nurlixan Sharxan bilan bellashgan sportchi raqibini qisqa fursat ichida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda unga Mixail Korrel (Niderlandiya) va Jafar Kostoyev (BAA) oʻrtasidagi bahs gʻolibi raqiblik qiladi.
Dzyudo bo’yicha -78 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Irisxon Qurbonboyeva chorak final yoʻlida yaponiyalik Rika Takayama bilan bellashdi va unga mag’lub bo’ldi.
Shuningdek, bokschi Sabina Boboqulova (-50 kg) ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridat ailandlik Chutxamat Raksat bilan jang qildi va imkoniyatni qo’ldan boy berdi.
Ulashish:
Sharhlar