Namangan iqtisodiyoti rivojlanishi bo‘yicha yangi loyihalar

Foto: Prezident uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni Namangan viloyatida iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yil boshidan viloyatda 681 ta loyiha amalga oshirilib, 21 mingta ish o‘rni yaratildi. 702 million dollarlik eksport amalga oshirilib, iqtisodiyotning 8 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Kelgusi yilda 527 million dollarlik 182 ta yangi loyiha rejalashtirilgan. Mahalliy va xalqaro sarmoyadorlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm va ishlab chiqarish loyihalari ishlab chiqilmoqda.

2025-yilgacha viloyatga 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 34 mingta ish o‘rni yaratish va 1 milliard dollar eksportga erishish maqsad qilingan.

Yig‘ilishda kambag‘allikni 8 foizdan 5,3 foizga tushirish va chet eldagi 100 ming fuqaroni ish bilan ta’minlash rejasi ham ko‘rib chiqildi. Prezident iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqishni topshirdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.