Namangan — Moskva reysi 10 soatga kechiktirildi

Фото: Авиакомпания России

“Azimut” aviakompaniyasining Namangan — Moskva yo‘nalishidagi reysi 10 soatdan ko‘proq vaqtga kechiktirildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

Toshkent vaqti bilan 28-fevral 05:10 da uchib ketishi kerak bo‘lgan A49086 reysi texnik sabablarga ko‘ra, shu kuni 15:30 ga ko‘chirilgan.

Ushbu reys yo‘lovchilari aviakompaniya tomonidan transfer qilinib, mehmonxonalarga joylashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.