Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
2023-yil dekabr oyida qamoqqa olingan Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonovga sud kuhmi o’qildi.
Saidahmad Sultonov Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Unga 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sharhlar