Namanganda AGTKS 2 mlrd so‘mdan ortiq gazni talon-taroj qilgani aniqlandi

Фото: minenergy.uz (Иллюстративное)

Namangan viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan umumiy qiymati 2 milliard so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan gaz quyish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yoqilg‘i quyish shoxobchasida gaz hisoblagichining ishlashiga to‘sqinlik qilingan, umumiy qiymati 2 milliard 181 million so‘mlik 838,7 ming kubometr gazdan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar aniqlangan.

Hozirda mazkur korxona rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.