Namanganda haydovchi 9 o‘rinli avtomobilda 30 dan ortiq bolani tashigan

Фото: кадр из видео

Kosonsoy tumanida 9 o‘ringa mo‘ljallangan Hyundai Starex rusumli avtomashina haydovchisi 30 dan ortiq bolani tashigan, deya xabar beradi Namangan viloyati IIB YHXB.

Hyundai Starex rusumli avtomashinani to‘xtatilganida huquq-tartibot idorasi xodimi undagi 30 dan ortiq bog‘cha tarbiyalanuvchilarini sanab chiqqan.

Tekshiruv davomida haydovchining tegishli hujjatlari ham bo‘lmagan.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.