Namanganda “soxta treyder” fuqaroning 10 mln so’m pullarini o’mardi
Namangan viloyatida yashovchi ayol U.M. ariza bilan murojaat qilib, 10 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.N. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.N., jabrlanuvchi ayol U.M. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilgan va aldov yo‘li bilan 10 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar