Namanganda tegishli xujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar qo‘lga olindi

Фото: Department_uz

Namangan viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tegishli hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgan omborxonalar aniqlandi, deb yozmoqda Departament matbuot xizmati.

“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.P. Namangan shahridagi “Lola” hamda “Ozod” MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.