Namanganda yangi chegara posti qurilmoqda

Фото: UzA

Uchqo‘rg‘onda O‘zbekistonni qo‘shni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi chegara posti qurilishi ishlari jadallashdi, deb yozyapti Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uchqo‘rg‘on tumani  “Bo‘ston” mahallasi “Uchqo‘rg‘on – Madaniyat” yo‘lining 10-km.da joylashgan Uchqo‘rg‘on chegara bojxona posti qurilishi jarayonlari bilan tanishgan. Ta’kidlanishicha, xuddi shunday loyiha Qirg‘iziston Respublikasi Navkent tumani Qiziltuu qishlog‘i “Kengsay” bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston-Qirg‘iziston Respublikalari chegarasida joylashgan “Uchqo‘rg‘on” va “Kengsay” chegara bojxona postlari shu yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarini tez va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan. Mazkur bojxona chegara postining ochilishi viloyatimiz va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratadi”, – deyiladi xabarda.

Shu o‘rinda viloyat, tuman iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar o‘zaro munosabatlar, do‘stlik rishtalari va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan asrlar davomida qo‘shni yashayotgan ikki Respublika aholisi behad quvonmoqda, deyiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.