Namangandan Amir Temur davriga oid qilich va Abu Nasr Farobiy qalamiga mansub kitoblar topildi

Foto: yuz.uz

Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortdi.

Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich, jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo poʻlat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq poʻlati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.

Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid boʻlib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.

Baqtriya tangasi 475-600-yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid boʻlib, uni tarixchi olim Sherali Qoʻldoshev batafsil tadqiq etdi.

“Tanganing oʻng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi — Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san — va jir / jin – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / – yorugʻlik maʼnosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan — yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi. Tanganinn oʻrtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni oʻqish qiyin. Biroq, u shyuy iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu  nomiga oʻxshayapti. U 1875 -1908-yillarda Xitoyni boshqargan”, — deydi Sherali Qoʻldoshev.

Uchta nodir kitob esa, ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid boʻlib, Abu Nasr Farobiy qalamiga mansubligi aytilmoqda. Unda noyob ilmlar bitilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.