Narpayda 7 tup daraxt kesgan fuqaroga 11 million 730 ming so‘m jarima solindi
Samarqand viloyati Narpay tumanning “Baxt” MFY hududida fuqaro R. I. tomonidan 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R. I. bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya’ni 8 million 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ulashish:
Sharhlar