Navbahor Hamidova jahon chempioni bo’ldi

Navbahor Hamidova boks boʻyicha o`tkazilgan jahon chempionatida oltin medalga sazovar bo’ldi va Parij-2024 musobaqalariga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Hamidova Navbahor Nishon qizi 2001-yil 7-fevral kuni tavallud topgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi: Elshod Rasulov. Hamidova turli yosh toifalardagi mamlakat birinchligida 5 marotaba g’alaba qozongan. 2021-yil Rossiyada o’tgan harbiylar o’rtasidagi dunyo birinchiligida shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilgan. 2022-yil Iordaniyada kattalar o’rtasidagi, 2023-yil Tailandda o’tgan U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionatlarida oltin medalga sazovor bo’lgan. 2023-yil Hindiston mezbonlik qilgan dunyo birinchligida bronza medali bilan taqdirlangan.

Hamidova joriy yilning 24-may – 2-iyun kunlari Tailandda oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.