Navoiy viloyati hokimi Paralimpiya o’yinlari chempioni Elbek Sultonov xonadoniga bordi
Avval xabar berganimizdek, Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ygan edi.
Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimi Normat Tursunov chempionning xonadoniga tashrif buyurib, Elbek Sultonovning onasi hamda yaqinlarini g‘alaba bilan tabrikladi.
Biroz oldin Prezident bugun Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan sportchilar bilan telefonda gaplashganligi ular orasida Elbek Sultonov ham borligi haqida xabar berilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar