Navoiy viloyati hokimi saylovda ovoz berdi
Yurtimizdagi barcha hududlarida boʼlgani kabi Navoiy viloyatida saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari davom etayapti. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda ovoz berishmoqda. Аsosiysi har bir uchastkalarda yaratilgan qulay shart-sharoitdan aholi mamnun. Tibbiyot, ona va bola xonalari saylovchilar xizmatida. Bu haqda nashrimizga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi 6-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, oʼzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.
“Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga oʼtkazilayotgan saylovlar yurtimizdagi eng muhim siyosiy tadbir boʼlib, ertangi kunimizni, mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini belgilab beradi. Qolaversa, ushbu tadbirda har bir fuqaromiz faol ishtirok etib, oʼz huquqidan foydalangan holda oʼzi munosib deb bilgan nomzodlar va partiyalarni qoʼllab-quvvatlashi kerak”, – dedi N.Tursunov.
Mazkur saylov uchastkasida 2710 nafar saylovchining roʼyxati shakllantirilgan. Ularning 12 nafari muddatidan oldin ovoz berishgan.
Muhim siyosiy jarayonda tshtirok etish uchun Navoiy shahridan 99 ming 686 nafar saylovchi roʼyxatga kiritilgan va ular 56 ta saylov uchastkalarida oʼz xohish irodasini erkin namayon etishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Sharhlar