Navoiyda 492 kub. metr hajmdagi granit o‘zboshimchalik bilan qazib olingan
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “G‘ozg‘on-7” koni hududidan tegishli ruxsatnomasiz 492 kub. metr hajmdagi granitni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 221,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar