Navoiyda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan erkak aliment to‘lamaslik uchun yashiringan
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deyilgan. Taassufki, oilaviy munosabatlarning keskin buzilishi nafaqat farzand tarbiyasiga balki, uning ijtimoiy ta’minotiga ham ta’sir etamay qolmaydi. Ichkilikka ruju qo‘yishlik, oilaviy ajrim yoxud mas’uliyatsizlik sabab o‘z farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlagan ota-onalar ham uchrab turibdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.
Sud ajrimiga ko‘ra karmanalik V.Mga ham voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undiruvi belgilangan edi. Ammo qonunlarni mensimagan fuqaro sud jarayonida ham ishtirok etmadi va farzandining moddiy ta’minotidan bosh tortib yashirinib yurishni ma’qul ko‘rdi.
“Karmana tumanida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar natijasida qidiruvdagi V.M qo‘lga olindi va qonun hukmiga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Sharhlar