Navoiyda Gentra avtomobili Onix rusumli avtomashinaga borib urildi, halok bo‘lganlar bor
Navoiy viloyati Nurota tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, uning natijasida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Qalampir.
Yo‘l-transport hodisasi 9-iyun kuni soat 15:00 atrofida Navbahor-Nurota avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, Gentra haydovchisi Damas avtomobilini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. U avtomashinani qarama-qarshi yo‘lga olib chiqib, Onix bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida Onix rusumli avtomashinada bir oilaning besh a’zosi (36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, rafiqasi, ikki yoshli o‘g‘li va ikki oylik qizi) halok bo‘lgan. Gentra haydovchisi ham vafot etgan.
Hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar