Navoiyda Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
Joriy yil 17-18 oktyabr kunlari Navoiy shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari xabar berdi.
Mazkur hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tadbirini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tovarlar yetkazib berish va xarid qilish borasida yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, shu bilan birga Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni hamda sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning amaliy natijalarini keng ommaga targ‘ib qilishga qaratilgan.
Yarmarka davomida sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari, elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyati, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish, investitsion imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tarmoq va hududlarda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, V2V (“BiTuBi”) uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yarmarka respublikamizning barcha hududlaridan minglab tadbirkorlar uchun imkoniyatlar o‘chog‘idir. Barchangizni mazkur yarmarkaga taklif etamiz, deyiladi xabarda.
Reklama huquqi asosida
Sharhlar