Navoiyda mustaqillik arafasida 33 ta sport obyektlari foydalanishga topshirildi
Mamlakatimiz mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Navoiyda 33 ta sport obyektlari foydalanishga topshirildi. Bu haqida Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jamoaviy sport turlari uchun 18×42 o‘lchamdagi sport zal hamda 11×25 o‘lchamdagi yopiq turdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, 29 ta sport maydonchalarining bir vaqtda topshirilishi (21 ta universal, 8 ta Street Workout) viloyat ahli uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.
Ushbu tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, majmualar faoliyatiga start beruvchi ramziy tugmani bosdi.
Ulashish:
Sharhlar