Yorqinbek Odilov Paralimpiya o‘yinlarida nayza uloqtirish bo‘yicha oltin medal sohibiga aylandi
Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish (F57) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar bermoqda.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Yorqinbek Odilov nayzani 50.32 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tishimiz joizki, “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarida hozircha O’zbekiston delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medal mavjud.
Ulashish:
Sharhlar