Nazoratchi savdo do‘koni qurishga yer maydoni ajratib berishni va’da qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “U.B.” MCHJ savdo majmuasi nazoratchisi M.Sh. tadbirkor J.F.ga 2 500 AQSH dollari evaziga MCHJ hududidan yengil tipdagi savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratib berishini aytib, oldindan 12 mln so‘mni olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.