Nemislarning aksariyati Rossiyani Germaniya uchun havfli deb hisoblamoqda

Bundesver tomonidan “urushga tayyorgarlik” mavzusida o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda. Bu haqida DW xabar bermoqda. So‘rovda qatnashganlarning deyarli uchdan ikki qismi (65%) Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari va qurol-yarog‘ ishlab chiqarish hajmining oshirilishini Germaniya uchun tahdid sifatida baholagan. Bundan tashqari, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan to‘rt foizga oshib, 49 foizga yetgan.

So‘rovda qatnashganlarning 42 foizi Germaniyaga hujum qilinsa, uni qurol bilan himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga oshgan. Bundan tashqari, ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi majburiy harbiy tayyorgarlikni joriy etish mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi, deb hisoblamoqda.

Bundesverga ishonch darajasi juda yuqori bo‘lib, 85 foiz respondent armiyaga ishonishini bildirgan. Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 57 foizi Germaniyaning mudofaa byudjetini oshirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Mazkur so‘rov doirasida Bundesver tomonidan Germaniya Federativ Respublikasining ikki mingga yaqin fuqarosi ishtirok etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.