Samarqandda Nexia-2 halokatga uchrab, ikki qismga bo‘linib ketdi (video)
Samarqandda Nexia-2 avtomobili temir ustunga urilishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.
Hodisa 18-may kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar “Xo‘jadonyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida yuz bergan. 1991-yilda tugʻilgan haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilib YTH sodir qilgan. Ta’kidlanishicha, YTH oqibatida jarohat olganlar bor.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar