Samarqandda Nexia-2 mashinasi yonib ketdi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand shahrida Nexia-2 avtomobili Volga bilan to‘qnashib, yonib ketdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB YHXB.

Voqea 4-sentabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yuz bergan. Nexia-2 harakatlanib kelib yo‘lning o‘ng tomonida yoqilg‘isi tugab to‘xtab turgan Volga avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

Oqibatda Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.