Toshkentda Nexia to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi va uni ag‘darib yubordi
2-sentabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY ko‘chasi Flowers garden bog‘i qarshisida haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan T.X. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘l chetida harakatsiz turgan haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
IIBB e’lon qilgan suratlarda Nexia-3 old va yonbosh qismlaridan qattiq shikastlanganini, Damas esa shikastlanishdan tashqari, yonboshiga ag‘darilib qolganini ko‘rish mumkin.
YTH natijasida haydovchilar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Ular shifokorlar nazorati ostida.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar