Niderlandiya Ukraina uchun F-16 samolyotlariga o‘q-dorilar xarid qilishga mablag‘ ajratdi

Нидерланды решили выделить 300 миллионов евро на закупку боеприпасов для истребителей F-16, которые отправят Украине
Фото: газета ру

Niderlandiya Ukrainaga yuboriladigan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun o‘q-dorilar xarid qilishga 300 million yevro ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi mamlakat Mudofaa vazirligi.

“Gollandiya F-16 uchun o‘q-dorilarni sotib olishga qo‘shimcha 300 million yevro ajratmoqda, uni Niderlandiya yaqin orada, shu jumladan Ukrainaga ham yetkazib beradi. Bu mablag‘ avvalroq shu maqsadda ajratilgan 150 million yevroga qo‘shimcha bo‘ladi”, — deyiladi Mudofaa vazirligining saytida e’lon qilingan bayonotda.

Qayd etilishicha, bu haqda chorshanba kuni Niderlandiya mudofaa vaziri Ruben Brekelmans NATOning Vashingtondagi sammiti chog‘ida ma’lum qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.