Niderlandiyada Isroilliklarga qilingan hujumlarda ishtirok etgan yana besh kishi hibsga olindi
Niderlandiyada o‘tgan payshanba kuni isroillik futbol jamoasi ishtirokidagi o‘yindan keyin isroilliklarga hujumda gumon qilinayotgan yana besh erkak qo‘lga olindi. Ularning yoshi 18 dan 37 gacha va barchasi Niderlandiya fuqarolari.
Amsterdamning «Ayaks» va Tel-Avivning «Makkabi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan va keyin ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘lib, propalestin faollari isroilliklarga va isroil ramzlarini taqqan kishilarga hujum qildi. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, bir nechasi yengil tan jarohatlari olgan.
Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof bunday hujumlarni qoralab, aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidladi. Shuningdek, 7-noyabr kuni Amsterdamsdagi boshqa tartibsizliklar chog‘ida «Makkabi» jamoasi tarafdorlari tomonidan qilinadigan nojo‘ya harakatlar haqida ham xabar berilgan, ammo hukumat barcha zo‘ravonliklarni qoralashini bildirib, har bir holat alohida ko‘rilishini bildirdi.
Yakshanba kuni ham Amsterdamda tartibsizliklar davom etdi, tramvay va transport vositalariga hujum qilindi. Mahalliy politsiya bir nechta ishtirokchilarni qo‘lga oldi va hodisalarni bartaraf etdi.
Sharhlar