Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangidan О‘zbekiston Kurash federatsiyasining rahbari etib saylandi

Фото: Министерство спорта

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi besh yil muddatga О‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi etib qayta saylandi. Bu haqda Sport vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.

Sport vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar kurash federatsiyalari vakillari, mutaxassislar va delegatlar ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda keyingi yillarda О‘zbekistonda milliy kurash sport turini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Uning xalqaro miqyosda targ‘ibotini qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda kurashni xalqaro maydonda rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, Okeaniya mamlakatlarida kurash bo‘yicha turnirlar, chempionatlar, seminarlar, treninglar o‘tkazilyapti.

Shuningdek, 2019-yil oktyabr oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Yo‘ldoshev bu lavozimda sobiq bosh prokuror Otabek Murodov o‘rniga kelgani ma’lum bo‘ldi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.