Nijegorod viloyatida patent berish to‘xtatildi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Gorovoyning 2024-yil 23-sentyabrdagi 1/11198-sonli farmoyishiga asosan, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgan chet el fuqarolariga Nijegorod viloyati hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent berilishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bu cheklov 2025-yil 1-mart sanasiga qadar davom etadi. Bu haqida Rossiyaning kommersant.ru internet nashri xabar bermoqda.
Ulashish:
Sharhlar