Nikita Rafalovich imkoniyatni boy berdi, u bronza medali uchun jang qilishi mumkin
Taekvondo bo’yicha Olimpiya terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich (+80 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini boshladi.
Eronlik Arian Salimi bilan bellashgan sportchi imkoniyatni boy berdi. Endi Salimi finalga yetib borgan taqdirda Rafalovich bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Sanoqli soniyalardan keyin Svetlana Osipova dayanga ko’tariladi.
Shuningdek, og’ir atletika bo’yicha Olimpiya terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev (-102 kg) ishtirokidagi bahs ham boshlandi.
Ulashish:
Sharhlar