Nishon tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida faoliyat yurituvchi “Ch.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va ishchisi D.J. korxona savdo do‘konida 11 turdagi qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan jami 2 492 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.