Nodavlat ta’lim muassasalari uchun imtiyozlar muddati uzaytiriladi
2030-yil 1-yanvargacha xususiy bolalar bog‘chalari va maktablar barcha soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno). Shuningdek, ushbu ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliqdan ozod etiladi.
Bunday imtiyozlar, Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi. Ma’lumot uchun, dastlabki imtiyozlar 2021-yil 1-yanvargacha berilgan edi, ammo 2025-yil 1-yanvarga qadar muddati uzaytirilgan edi.
Joriy yilning 9 oyida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
Ulashish:
Sharhlar