Nodirbek Abdusattorov Vashe-Lagrav bilan kuch sinashadi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Superbet Chess Classic Romania” turnirining ortda qolgan 3-turida Nodirbek Abdusattorov musobaqada 2 ochko bilan yetakchilik qilayotgan amerikalik Fabiano Karianu bilan murosa yo‘lini tanladi.
3-turda o‘tkazilgan Maksim Vashe Lagrav – Alirizo Firuzja, Dommaraju Gukesh – Rameshbabu Praggnanandha, Anish Giri- Yan Nepomnyashiy, Uesli So – Bogdan-Danel Dyak uchrashuvlarida ham durang natija qayd etildi.
To‘rtinchi tur ostonasida Karuana va hindistonlik Dommaraju Gukesh 2 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda.
Bugun, 29-iyun kuni o‘tadigan 4-turda Abdusattorov oq donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan kuch sinashadi.
Aytish lozim, “Superbet Chess Classic Romania” turniri “Grand Chess Tour” turkumidagi 5 ta turnirning birinchisi, umumiy mukofot jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollari etib belgilangan.
Ruminiyada o‘tkazilayotgan “Superbet Chess Classic Romania” musobaqasining mukofot jamg‘armasi esa 350 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnir g‘olibi 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Musobaqalar 5-iyulgacha davom etadi.
Sharhlar