Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kreativ industriya yoʻnalishlarida kurslar tashkil etildi

22-oktabr kuni soat 15:00 da Yoshlar Ijodiyoti Saroyida Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kreativ industriya yoʻnalishlarida kasb-hunar kurslarini tashkil etish loyihasi bitiruvchilari uchun Sertifikatlar topshirish marosimi, hamda loyiha doirasida tashkil etilgan Fotografiya kursida tahsil olgan o’quvchilarning ijodiy ishlari ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Loyihaning maqsadi — nogironligi boʻlgan yoshlarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiradigan zamon bilan hamnafas kasblarga oʻqitish. Uch oy davom etadigan ijtimoiy media marketingi (SMM), fotografiya va videomontajni oʻrgatishga qaratilgan kurslarni ishlab chiqish va tashkil etishdan iborat. Loyihaning maqsadini belgilaydigan beshta asosiy vazifa:

1. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan kasbiy taʼlim tajribasini taqdim etish – bugungi raqamli jamiyat uchun muhim sohalarda, xususan, ijtimoiy media marketingi (SMM), fotografiya va videolarni tahrirlash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish. Olingan bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash uchun amaliyotlarni tashkil etish;

2. Ochiq mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlarini oshirish – ishtirokchilarga ishga joylashish imkoniyatlarini yaxshilaydigan amaliy ko‘nikmalarni berish. Ijtimoiy media marketingi, fotosuratlar va videolarni tahrirlashga eʼtibor qaratish orqali ularga ijodiy sanoat bozoriga mos xizmatlar taqdim etish va shu orqali ularning mehnat bozoriga kirish hamda o‘z imidjlarini oshirish imkoniyatlarini taqdim etish;

3. Raqamli inklyuziyani targ‘ib qilish – ushbu tashabbus raqamli inklyuziyaning himoya platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun maxsus kurslar ishlab chiqish orqali raqamli jamiyatda ham taʼlim va professional muhitga qo‘shilish muhimligini kurs tinglovchilariga yetkazish;

4. Ijodiy ifodani rivojlantirish – loyiha ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga qaratilgan. Fotosurat va videoni tahrirlash kurslari orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarda muvaffaqiyat va o‘ziga ishonch hissini uyg‘otgan holda o‘zlarini ijodiy qobiliyatlarini namoyot eta olishlari uchun platforma taqdim etish;

5. Mentorlik va qo‘llab-quvvatlash – loyihada ko‘nikmalar o‘zlashtirishdan tashqari, ishtirokchilar tajriba almashishlari, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovchi hamjamiyatni yaratish ko‘zda tutilgan. Jamoaviy rivojlanishga yo‘naltirilgan ushbu jihat uch oylik dasturdan tashqari doimiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash, doimiy o‘sish uchun kuchli aloqalarni o‘rnatish va resurslarni yaratishga qaratilgan.

Tashkil etilgan 3 xil yo’nalishdagi kurslarning har birida 10 kishidan ishtirokchi qatnashdi va hali amaliyot muddati tugamagan bo’lsa-da loyiha bitiruvchilari mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishga kirishdilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.