Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda
Qonunchilikka ko‘ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
- tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko‘rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo‘llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;
- “Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;
- shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo‘lmaganda sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda o‘tkaziladi;
- 2024-yil 1-oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.
Ulashish:
Sharhlar