Sirdaryo viloyati Xovos tumanida o’tkazilgan reydda fuqaro T.X. tumandan oqib o’tuvchi zovurdan ov qoidalarini buzgan holda 4 turdagi 27 ta baliqlarni ovlagani, bulardan 9 ta baliq me’yoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming so’m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tabiiy suv havzalarida jismoniy shaxslarga sport-ishqibozlik turida 1 sutka ichida 5 kg.gacha miqdorda bo‘lgan baliqni ovlashga ruxsat etiladi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJTKning 90-moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. T.X. bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari — 5 mln 100 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi. U qilmishi uchun jami 20 million 60 ming so‘m (jarima va zarar) to‘laydigan bo‘ldi.
Sharhlar