Urganch shahrida 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaro o‘zining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 so‘mni tashkil qiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar