Gulistonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Guliston shahrida joylashgan “D.” oilaviy korxonasiga qarashli choyxona rezina shlang bilan hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Ushbu holat bo‘yicha 882 million 851 ming so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilingan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Ulashish:
Sharhlar