Noqonuniy olib kirilgan tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Navoiyda 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million so‘mlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 so‘mlik soxta pullar yo‘q qilindi.

Amaldagi qonunchilik tartiblariga ko‘ra, chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yo‘q qilinadi.

Navbatdagi ana shunday yo‘q qilish tadbirlaridan biri Navoiy shahridan olis bo‘lmagan hududda amalga oshirildi.

Tadbirda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining mas’ul xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati bo‘limi va Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda bu tadbir amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli organlar tomonidan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olingan 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million so‘mlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 so‘mlik soxta pullar yo‘q qilindi sud qaroriga asosan, tegishli tartibda yondirish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Yo‘q qilish tadbirlari bevosita keng jamoatchilik ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshirilib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.